{"id":1494,"date":"2023-02-01T15:58:12","date_gmt":"2023-02-01T12:58:12","guid":{"rendered":"https:\/\/msbu.uz\/?p=1494"},"modified":"2023-03-27T14:37:14","modified_gmt":"2023-03-27T11:37:14","slug":"qoqon-biokimyo-ajning-ustav-kapitalidagi-davlat-aksiyalar-paketini-sotish-boyicha-kelishuvga-erishildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/qoqon-biokimyo-ajning-ustav-kapitalidagi-davlat-aksiyalar-paketini-sotish-boyicha-kelishuvga-erishildi\/","title":{"rendered":"\u201cQo\u2018qon biokimyo\u201d AJning ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini sotish bo\u2018yicha kelishuvga erishildi"},"content":{"rendered":"\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davaktiv agentligi\u00a0<strong>\u201cQo\u2018qon biokimyo\u201d AJ<\/strong>\u00a0(keyingi o\u2018rinlarda &#8211; Korxona) ustav kapitalidagi\u00a0<strong>99,7\u00a0foiz\u00a0<\/strong>davlat aksiyalar paketini<strong>\u00a0277,0\u00a0mlrd.so\u2018mga<\/strong>\u00a0<strong>\u201cFirst Premium Alliance\u201d MChJ\u00a0<\/strong>(keyingi o\u2018rinlarda &#8211; Xaridor)ga sotish bo\u2018yicha kelishuvga erishilganligini ma\u02bclum qiladi.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o\u2018tkazish bo\u2018yicha davlat komissiyasining\u00a0<strong>tegishli qarori bilan ma\u02bcqullangan<\/strong>.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunda,\u00a0<strong>\u201cUzAssets investitsiya kompaniyasi\u201d AJ<\/strong>\u00a0(UzAssets) tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida\u00a0<strong>Deloitte<\/strong>\u00a0xalqaro kompaniyasi (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 Konsultant)\u00a0<strong>xususiylashtirish bo\u2018yicha konsultant<\/strong>\u00a0sifatida jalb etilgan va\u00a0<strong>Dentons<\/strong>\u00a0xalqaro yuridik kompaniyasi\u00a0<strong>huquqiy ko\u2018maklashgan<\/strong>. Mazkur xususiylashtirish doirasida konsultantlarning faoliyatlari\u00a0<strong>UzAssets<\/strong>\u00a0tomonidan\u00a0<strong>muvofiqlashtirilgan<\/strong>.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Konsultant,\u00a0UzAssets va Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng ko\u2018lamli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investitsiya tizerlari\u00a0<strong>konsultantning investorlar tarmog\u2018i<\/strong>\u00a0orqali\u00a0<strong>turli xorijiy investorlarga\u00a0<\/strong>(<strong>investor sounding<\/strong>) yuborildi.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Natijada investorlardan sotib olish bo\u2018yicha qiziqish to\u2018g\u2018risidagi\u00a0<strong>4\u00a0ta arizalar\u00a0<\/strong>(<strong>Express of Interest<\/strong>) kelib tushdi.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Talabgorlar xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta\u02bcqiqlashi mumkin bo\u2018lgan ma\u02bcmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo\u2018qligi hamda Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining\u00a0<strong>sanksiyalari ro\u2018yxatiga kiritilmaganligi<\/strong>\u00a0yuzasidan o\u2018rganilgan.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Barcha talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi bosqichi \u2013\u00a0<strong>Majburiyatga ega bo\u2018lgan takliflar\u00a0<\/strong>(<strong>BO<\/strong>)ni taqdim etish bosqichiga taklif etildi. Ushbu bosqichda talabgorlar bilan\u00a0<strong>Axborotni oshkor etmaslik to\u2018g\u2018risidagi bitim\u00a0<\/strong>(<strong>NDA<\/strong>) imzolanib, Konsultant tomonidan tayyorlangan Korxonaning\u00a0<strong>moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati yuzasidan kompleks tahlil\u00a0<\/strong>(<strong>due diligence<\/strong>) hisobotlari joylangan\u00a0<strong>virtual ma\u02bclumotlar xonasi<\/strong>\u00a0(<strong>VDR<\/strong>)ga kirish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, barcha talabgorlarga Korxonaning boshqaruv organi bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda Korxona bilan tanishish imkoniyati yaratildi.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qayd etish joizki, kelib tushgan takliflar orasida kelajakda jamiyat faoliyatini\u00a0<strong>barqaror rivojlanishini<\/strong>\u00a0ta\u02bcminlay oladigan va\u00a0<strong>yuqori qo\u2018shimcha qiymatga<\/strong>\u00a0ega bo\u2018lgan alkogol mahsulotlarini\u00a0<strong>ishlab chiqarish zanjirini<\/strong>\u00a0to\u2018liq davomiyligini shakllantirishga salohiyatli bo\u2018lgan\u00a0<strong>\u201cFirst Premium Alliance\u201d<\/strong><strong>\u00a0MC<\/strong><strong>hJ<\/strong>\u00a0<strong>qo\u2018yilgan talablarga to\u2018liq javob bergan.<\/strong>\u00a0Shu bilan birga, Xaridorning taklifi konsultant tomonidan hisoblangan\u00a0<strong>Korxonaning indikativ narxlar oralig\u2018ida\u00a0<\/strong>joylashgan hamda mustaqil baholovchi tomonidan belgilangan\u00a0<strong>Korxonaning baholangan qiymatidan yuqori<\/strong>.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, spirt va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda\u00a0<strong>raqamli markirovka<\/strong><strong>larni<\/strong>\u00a0joriy etilishi,\u00a0<strong>\u201cFirst Premium Alliance\u201d<\/strong>\u00a0<strong>MChJ<\/strong>\u00a0uchun butun ta\u02bcminot zanjirini yakuniy iste\u02bcmolchilargacha yetkazib berishni kuzatib borish va biznesni yana-da samarali boshqarish imkoniyatini yaratadi.<\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>&laquo;First Premium Alliance&raquo; MChJ to\u2018g\u2018risida ma\u02bclumot:<\/em><\/strong><\/p>\r\n\r\n\r\n\r\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>&laquo;First Premium Alliance&raquo; MChJ \u2013 alkogol mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblandi. Kompaniyada oziq-ovqat mahsulotlarining havfsizligi bo\u2018yicha xalqaro\u00a0<strong>ISO 22000:2005 standarti<\/strong>\u00a0joriy etilgan. Kompaniya ta\u02bcsischilari\u00a0<strong>Toshkent shahrida alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik zavodga ega<\/strong>\u00a0ekanligi hamda Kompaniyaning Respublikada va MDH mamlakatlarida yirik distribyutorlik tarmoqlari mavjudligi Kompaniya tomonidan \u201cQo\u2018qon biokimyo\u201d AJ keyingi faoliyatini rivojlantirish, qo\u2018shimcha infrastruktura yaratish imkoniyatini yaratadi. Bugungi kunda Kompaniya\u00a0<strong>Legion, Lavini, Duty Free International Airport\u00a0<\/strong>kabi yirik riteylik tarmoqlari bilan hamkorlikda faoliyat ko\u2018rsatib kelmoqda.<\/em><\/p>\r\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davaktiv agentligi\u00a0\u201cQo\u2018qon biokimyo\u201d AJ\u00a0(keyingi o\u2018rinlarda &#8211; Korxona) ustav kapitalidagi\u00a099,7\u00a0foiz\u00a0davlat aksiyalar paketini\u00a0277,0\u00a0mlrd.so\u2018mga\u00a0\u201cFirst Premium Alliance\u201d MChJ\u00a0(keyingi o\u2018rinlarda &#8211; Xaridor)ga sotish bo\u2018yicha kelishuvga erishilganligini<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1491,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[14,25],"tags":[],"class_list":["post-1494","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-uncategorized-uz","category-yangiliklar"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1494","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1494"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1494\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1502,"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1494\/revisions\/1502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1491"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1494"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1494"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/msbu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1494"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}