Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy
«MULK-SARMOYA BROKERLIK UYI» AJ Mirobod tumani tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’ tkazish inspeksiyasi tomonidan 2014-yil 16-iyunda 3-000640-son bilan ro’yxatdan o’tkazildi (ilgari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 19-avgustda 299-son bilan ro’yxatdan o’ tkazilgan).
«MULK-SARMOYA BROKERLIK UYI» AJ (sobiq «VAQT» MILLIY depozitariya» OAJ) O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.1994-yildagi 285-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan O`zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlar bozoridagi birinchi va eng yirik depozitariy hisoblangan.
O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 672-1-sonli «qimmatli qog’ozlar bozorida depozitariylarning faoliyati to’g’risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan respublikada ikki darajali depozitariy tizimi tashkil etildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qimmatli qog’ ozlar Markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to’g’risida» 1999-yil 21-maydagi 263-son qaroriga muvofiq noyabr oyida «VAQT» milliy depozitariysi tashkil etildi 1999 yil ikkinchi darajali depozitariy sifatida qayta tashkil etildi.
Bugungi kunda «MULK-SARMOYA BROKERLIK UYI» AJ qimmatli qog’ozlar bozorida o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan 04.06.2018-yildagi 1328-sonli investitsiya vositachisi va 04.06.2018-yildagi 1329-sonli investitsiya maslahatchisi sifatida berilgan litsenziyalar asosida amalga oshiradi.
«MULK-SARMOYA BROKERLIK UYI» AJ O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan «O’zbekiston Respublikasi fond bozorining eng yaxshi infratuzilmasi»nominatsiyasi bo’yicha o’tkaziladigan yillik tanlovlarda bir necha bor g’olib bo’ldi.
«MULK-SARMOYA BROKERLIK UYI» AJ O’zbekistondagi qimmatli qog’ozlar bozoridagi eng yirik investitsiya vositachilaridan biri bo’lib, 900 ga yaqin yuridik va 120 000 dan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatadi.
«MULK-SARMOYA BROKERLIK UYI» AJ sifatli xizmatni kafolatlaydi, bu bizning fond bozoridagi ishimiz davomiyligi, xodimlarning yuqori professional darajasi va mijozlar bazasi doimiy kengayish tendentsiyasiga ega ekanligi bilan tasdiqlanadi.
«MULK-SARMOYA BROKERLIK uyi» AJ ustav fondi 936,254 mln.so’mni tashkil etadi («VAQT millii depozitariyi» AJ Ustaviga kiritilgan o’zgartirishlar Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish inspeksiyasi tomonidan 2011 yil 11 avgustdagi 03 – 000640-son bilan ro’yxatdan o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2011 yil 26 avgustda R0172-3-son bilan ro’yxatga olingan).
Jamiyat tomonidan nominal qiymati 512 so’m bo’lgan 1 828 622 ta oddiy nomlangan hujjatsiz aksiyalar chiqarilgan. «MULK-SARMOYA BROKERLIKUYI» AJning ustav fondidagi davlat ulushi (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) 62,5 foizni tashkil etadi.
Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 107-uy
(371) 267-35-20
info@ndvakt.uz
© © 2022 "MULK-SARMOYA BROKERLIK UYI" AJ. Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu saytda chop etilgan materiallardan to'liq yoki qisman foydalanish va iqtibos keltirish bilan rasmiy saytga havola kerak. Veb-sayt ishlab chiqish
Sayt yaratuvchi - ABDUGANIEV TECHNOLOGY